Qidiruv:
Elektron pochta manzil:

j.sirdaryo@sud.uz i.sirdaryo@sud.uz

Fuqarolar qabulxonasi:

(+998 67) 225-28-28

Manzil:

Ўзбекистон Республикаси, Сирдарё вилояти., 120100, И.Каримов 75 уй

Interaktiv xizmatlar

Statistik ma’lumotlar

Statistik ma’lumotlar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining respublika sudlari faoliyatiga doir statistik ma’lumotlar bazasi

O'tish
Sud qarorlari to‘plami

Sud qarorlari to‘plami

Sudlar bo‘yicha barcha yakuniy sud qarorlarini to‘liq yoki shaxssizlantirilgan matnda ushbu havola orqali bilib oling.

O'tish
Davlat boji kalkulyatori

Davlat boji kalkulyatori

Bu xizmat turi sudlarga murojaat qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdorini aniqlashda yaqindan yordam beradi.

O'tish
image
image
image
image
image
image

Elektron sud xizmatlari

MY.SUD.UZ - sud xizmatlaridan foydalanishning innovasion, ishonchli va qulay yo‘li

Murojaat

Sudga to‘g‘ridan - to‘g‘ri elektron shaklda murojaat yo‘llash.

Elektron to‘lov tizimi

Barcha sudlarda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan barcha to‘lovlarni to‘lashning yagona elektron tizimi.

Videokonferens aloqa

Masofadan turib sud majlisida ishtrok etish

Majlislar jadvali

Sud majlislari jadvali bilan tanishish – sudlarda ishlarni sud majlisida ko‘rib chiqishga tayinlangan sanasi va vaqti haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lib borish imkonini beradi.

Davlat boji kalkulyatori

Bu xizmat turi sudlarga murojaat qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdorini aniqlashda yaqindan yordam beradi.

Murojaat namunalari

Fuqarolar sudlarga murojaat qilishda hujjatlarning tayyor namunalaridan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyati

image

MY.SUD.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlari portali

So‘nggi yangiliklar

MAMLAKATIMIZDA SUD-HUQUQ ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISH IZCHIL DAVOM ETMOQDA

Mamlakatimizda sud-huquq sohasida belgilangan islohotlar izchil amalga oshirilayotgan bugungi kunda fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish dolzarb masalalardan biriga aylangan.

Kuni kecha 2023 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2023 — 2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.

Mazkur Strategiya doirasida quyidagilar odil sudlovni ta’minlashning ustuvor vazifalari etib belgilandi:

– “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish;

– adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish;

– fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;

– sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;

– sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;

– sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish;

– sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg‘otish.

Bugungi sud-huquq sohasidagi olib borilayotgan islohotlar “Yangi O‘zbekiston – yangi sud” tamoyili doirasida – bugungi davlat siyosati, olib borilayotgan islohotlar – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashga, sudlarda qaror chiqarish bilangina cheklanmasdan tom ma’noda nizolarni hal etishga, sudga murojaat etayotganlarni sud, jamiyat va davlatdan imkon qadar rozi etishga qaratilgandir.

N.Sangirov, Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi     

SUDLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH DAVR TALABI

Bugungi kunda mamlakatimizdagi barcha islohotlar avvalo inson qadrini ulug‘lash tamoyilidan kelib chiqib amalga oshirilmoqdaki, bu islohotlarning amaldagi natijasini har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida ko‘rmoqda. Xususan, sudlar faoliyatini tubdan isloh qilish va haqiqiy odil sudlov timizini yaratish ishlariga ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Odil sudlov – haqiqiy holatni aniqlab, odamlar orasidagi, ular bilan jamiyat va davlat o‘rtasidagi kelishmovchilik va nizolarni faqat sud tomonidan hal etib berilishidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlari sohani yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu Farmonga ko‘ra            2023 — 2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi ishlab chiqildi. Bu strategiya O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqbolli vazifalarini belgilab berib, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni yanada keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi belgilandi. Ushbu strategiyani amalga oshirishda quyidagi vazifalar ustuvor etib belgilandi:

Oliy sud tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi bilan birgalikda jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyasiya yoki kassasiya tartibida qayta ko‘rib chiqish;

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya yoki kassasiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay’atlarida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;

yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatini yuklash.

Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qat’iy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etilsin.

Sudning mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha quyidagi choralar belgilansin:

sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;

sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish;

odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni bo‘yicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etish.

 Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash sudning chinakam inson va uning manfaatlari himoyachisi sifatida ijtimoiy hayotimizdagi o‘rnini yuksaltiradi. Shuningdek, farmon bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar va ishlab chiqilgan strategiya inson manfaatlari yo‘lida odil sudlov sari muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.

Ulug‘bek Kurbanov, Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Avtomashina olib qochgan shaxsga nisbatan sud hukmi o’qildi

Spirtli ichimlikni iste’mol qilish hech bir kishiga manfaat keltirmaydi, aksincha tubsiz jarlik sari yetaklaydi. Mirzaobodlik Botir ham tubsiz jarlik sari borayotganlarning biri edi. U 2021 yil 14 iyun kuni uyidan chiqib, yo’l-yo’lakay spirtli ichimliklar sotiladigan do’konda spirtli ichimlik iste’mol qilib, onasining holidan xabar olish uchun Xovos shaharchasiga boradi. Onasining uyida ham spirtli ichimlik iste’mol qilgach kayfi taranglashib, bemaqsad yo’lga chiqadi. Yo’lda fuqaro Tohirga tegishli bo’lgan bo’lgan “NEXIA” rusumli avtomashina qarovsiz turganligini ko’rib, avtomashina eshigi ochiq hamda avtomashina kaliti joyida turganligidan foydalanib, transport vositasini olib qochish maqsadida, avtomashina boshqaruv ruliga o’tirib, avtomashinani mast holatda olib qochib ketib, boshqaruvidagi avtomashinani Xovos tumanida hududidan o’tgan “M-34” yo’lining “Dushanbe-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha boshqarib ketayotib, avtomashina rul boshqaruvini yo’qotib, yo’l transport hodisasi sodir etgan, B.ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo’yicha Mirzaobod tuman sudida ochiq sud majlisida ko’rib chiqildi, sud B.ning aybiga iqrorligi, jinoyatni ochishga faol yordam berganligi, jabrlanuvchidan kechirim so’rab yetkazilgan zarar o’rnini qoplaganligi, jabrlanuvchining da’vosi yo’qligini inobatga olib, unga O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan to’rt yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Botirning spirtli ichimlik iste’mol qilganligi  qimmatga tushdi. U endi avvalgidek emin-erkin yura olmaydi. Chunki unga sud tomonidan ma’lum cheklovlar o’rnatilgan.

Fazliddin  Suvankulov

Jinoyat ishlari bo’yicha Mirzaobod tuman sudining raisi  

image
Skip to content