Avtomashina olib qochgan shaxsga nisbatan sud hukmi o’qildi
Spirtli ichimlikni iste’mol qilish hech bir kishiga manfaat keltirmaydi, aksincha tubsiz jarlik sari yetaklaydi. Mirzaobodlik Botir ham tubsiz jarlik sari borayotganlarning biri edi. U 2021 yil 14 iyun kuni uyidan chiqib, yo’l-yo’lakay spirtli ichimliklar sotiladigan do’konda spirtli ichimlik iste’mol qilib, onasining holidan xabar olish uchun Xovos shaharchasiga boradi. Onasining uyida ham spirtli ichimlik iste’mol qilgach kayfi taranglashib, bemaqsad yo’lga chiqadi. Yo’lda fuqaro Tohirga tegishli bo’lgan bo’lgan “NEXIA” rusumli avtomashina qarovsiz turganligini ko’rib, avtomashina eshigi ochiq hamda avtomashina kaliti joyida turganligidan foydalanib, transport vositasini olib qochish maqsadida, avtomashina boshqaruv ruliga o’tirib, avtomashinani mast holatda olib qochib ketib, boshqaruvidagi avtomashinani Xovos tumanida hududidan o’tgan “M-34” yo’lining “Dushanbe-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha boshqarib ketayotib, avtomashina rul boshqaruvini yo’qotib, yo’l transport hodisasi sodir etgan, B.ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo’yicha Mirzaobod tuman sudida ochiq sud majlisida ko’rib chiqildi, sud B.ning aybiga iqrorligi, jinoyatni ochishga faol yordam berganligi, jabrlanuvchidan kechirim so’rab yetkazilgan zarar o’rnini qoplaganligi, jabrlanuvchining da’vosi yo’qligini inobatga olib, unga O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan to’rt yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Botirning spirtli ichimlik iste’mol qilganligi qimmatga tushdi. U endi avvalgidek emin-erkin yura olmaydi. Chunki unga sud tomonidan ma’lum cheklovlar o’rnatilgan.
Fazliddin Suvankulov
Jinoyat ishlari bo’yicha Mirzaobod tuman sudining raisi