“KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BО‘LIB О‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sirdaryo tuman qo‘riqlash bo‘limi majlislar zalida Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining sudya yordamchisi S. Saydanov tomonidan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati о‘tkazildi.

Mazkur davra suhbatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5177-sonli qaror hamda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli farmonning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.

Shuningdek, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida maqsadli siyosat olib borilib, ushbu sohada qonunchilik asoslarini takomillashtirish, davlat organ va tashkilotlarining xalq oldida hisobdorligini hamda ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirib kelinayotganligi haqida so‘z yuritildi.

Tadbir sо‘nggida bo‘linma shaxsiy tarkibi xodimlarining korrupsiyaga yo’l qo’ymasliklari, umuman, bu kabi holatlarga murosa qilmasliklari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

 

Sirojiddin Saydanov

Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining sudya yordamchisi